blog
Alwood «UzBuild 2026» eng yirik qurilish ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
11 Fevral 2026

10–12-fevral kunlari UzExpoCenter majmuasida qurilish sohasining eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma doirasida Alwood kompaniyasi opalubka tizimlari bo‘yicha zamonaviy yechimlarini taqdim etmoqda.
Sizni stendimizga tashrif buyurib, eng so‘nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan barcha turdagi opalubkalar bilan tanishishga taklif qilamiz. Mutaxassislarimiz sizga maslahat berish va barcha savollaringizga javob berishdan mamnun bo‘ladilar.

